Jahongir Zokirov muddatdan avval g‘alaba qozondi

  • 29.09.2026 11:44
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Aichi-Nagoya shahrida Osiyo oʻyinlari oʻtkazilmoqda.

Hozirgina +90 kg dagi charm qoʻlqop ustamiz Jahongir Zokirov hamda eronlik Amir Esmaeili oʻrtasidagi jang nihoyasiga yetdi. 1 raunddayoq Zokirov raqibni ikki bor nokdaun holatiga solib qoʻydi. 2 raundda qayd etilgan navbatdagi nokdaundan soʻng Esmaeilining qoshi yorilib ketdi va jangni davom ettira olmadi. Jahongir esa finalga yoʻl oldi. Endi vakilimiz oltin medal uchun qozogʻistonlik Aybek Oralbayga qarshi ringga koʻtariladi.

Shu tariqa hamyurtlarimiz ishtirokidagi bugungi boks bahslari yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!