Jaloliddin Masharipov terma jamoa bilan birga!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov jarohati sabab Jahon chempionati qaydnomasidan chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining bel qismida muammo bor.
Shunga qaramay, Masharipov ayni vaqtda AQShda jamoa bilan birga bo‘lib turibdi. U terma jamoaning rasmiy fotosessiyasida ham ishtirok etmoqda va an’anaviy 10-raqamli libosda suratga tushdi.
Bu haqida taniqli sharhlovchi Davron Fayziev o‘zining Telegram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, "oq bo‘rilar" "JCh-2026" guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bahs 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.

Fikrlar