
Jamshid Iskanderov vodiyda qoladi!
Farg‘onaning "Neftchi" klubi ketma-ket transferlarni e’lon qilmoqda. Kecha "yo‘lbarslar" Farrux Sayfiev, Shohrux Gadoev, Ikrom Aliboev va Eldor Suyunovlarni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, Jamshid Iskanderov ham "Neftchi"ga o‘tadi. Futbolchi Farg‘ona klubi bilan kelishib bo‘lgan. Klub tez orada buni e’lon qiladi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli hujumkor yarim himoyachi o‘tgan mavsum Superligada 25 ta o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar