
Janob Mourinodan umidimiz katta...
Xabaringiz bor, yana birozdan so‘ng Italiya A Seriyasining 33-turidan o‘rin olgan “Napoli” hamda “Roma” jamoalari bahsi boshlanadi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu jamoalarning birinchi davrada bo‘lib o‘tgan o‘yinida 0:0 hisobida nursiz durang qayd etilgan. O‘sha uchrashuvda “bo‘rilar” safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov 86-daqiqada Temmi Abraxam o‘rniga zaxiradan maydonga tushirilgan edi.
Umid qilamizki, janob Mourino bugun o‘zbekistonlik futbolchini asosiy tarkibda yoki ertaroq maydonga tushiradi. Biz esa Eldorga omad tilaymiz va undan gol kutib qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, “Napoli” – “Roma” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Fikrlar