Jastin Getjining keyingi raqibi kim?
Sportchining o‘zi javob berdi
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Justin Getji titulga daʼvogarlar – Arman Tsarukyan va Charlz Oliveyra bilan jang qilishni rejalashtirmayapti. Amerikalikning soʻzlariga koʻra, u Konor Makgregor va Maks Hollowey oʻrtasidagi jang gʻolibi bilan kuch sinashmoqchi.
"Makgregor va Hollowey toʻqnashuvi nima bilan tugashi menga ham qiziq. Maks meni nokautga uchratdi, biroq men Iliya Topuriyani yengib, qisman hisob-kitob qildim.
Shuning uchun men bu jangni intizorlik bilan kutyapman va uni jonli tomosha qilish imkoniyatiga ega boʻlganimdan xursandman. Konor sportimizning eng katta super yulduzi ekaniga shubha yoʻq. Bunday raqib bilan jang qilish menga katta moliyaviy foyda keltirib, afsona maqomini yanada mustahkamlagan boʻlardi", – dedi Gettji Jim Romga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Konor Makgregor va Maks Hollowey oʻrtasidagi bahs 12 iyul kuni Las-Vegasda "UFC 329" turnirida oʻtkaziladi.

Izohlar (0)