JCh. Bobousmon Baturov ham yarim finalda!
-69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bobousmon Baturov yarim final yo‘lida iordaniyalik Ziyad Iashash bilan jang qildi. Quvonarlisi, mazkur jang hamyurtimizning g‘alasi (5:0) bilan yakun topdi.
Shu tariqa, uchinchi bokschimiz yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Shahobiddin Zoirov va Mirazizbek Mirzahalilovlar ham medalni naqd qilishgan edi.
Oldinda esa bizni Dilshod Ro‘zmetov va Bahodir Jalolov ishtirokidagi janglar kutib turibdi. Eng so‘nggi yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring.
Fikrlar