Jekson ortga qaytmoqchi emas
"Bavariya"da ijara asosida o‘ynayotgan Nikolas Jekson "Chelsi"ga qaytish niyatida emas.Shartnomada futbolchini Myunxen klubi 65 million evroga sotib olish bandi mavjud. Biroq ayni damda "Bavariya" Jeksonni sotib olish variantini ko‘rib chiqqanicha yo‘q. Ammo senegallik futbolchi baribir "ko‘klar" uni sotishidan umid qilmoqda. Hujumchi Londonga qaytishni istamaydi. Hozirda uning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli forvard joriy mavsumda umumiy 12 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 3 ta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar