Jerrard «Tottenxem»ning asosiy muammosini aytdi

  • 23.09.2026 12:34
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» klubining sobiq afsonaviy futbolchisi Stiven Jerrard yangi mavsumda Londonning «Tottenxem» jamoasi o‘yini haqida fikr bildirdi.

 

«Menimcha, “Tottenxem” o‘yinida ma’lum siljish bor, lekin jamoaga haqiqiy markaziy hujumchi yetishmayapti. Ular tarkibida gol ura oladigan to‘liq qon hujumchi yo‘q. Hujum chizig‘ida qiziqarli futbolchilar bor, ammo mavsum davomida 20 ta gol uradigan o‘yinchi kim bo‘ladi?» — dedi Jerrard TNT Sports efirida.

 

Besh turdan so‘ng «Tottenxem» Angliya premer-ligasi jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi, jamoa hozircha bor-yo‘g‘i ikki ochko to‘play oldi.

 

Oltinchi turda Roberto De Dzerbi shogirdlari safarda «Manchester Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!