Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Jezush: Ronaldudan uzr so‘rash niyatim yo‘q!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ayb kimda?

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu bilan yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha o‘zini aybdor deb hisoblamasligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, mojaro sentabr oyi oxirida boshlangan edi. Norvegiyaga qarshi safar o‘yinida 41 yoshli yulduz zahirada qoldi: Jezush unga qizishni buyurgan, ammo maydonga tushirmagan. 

Shu voqeadan so‘ng Ronaldu terma jamoa qarorgohini tark etdi. Uning fikricha, murabbiyning ommaviy bayonotlari hurmatsizlik sifatida qabul qilingan.

- Men uzr so‘rash niyatida emasman. Muammo shundan kelib chiqdiki, o‘yinchi qizidi, lekin maydonga tushmadi. Bu qaror uchun ham, keyin bo‘lgan barcha narsa uchun ham javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. 

Lekin uzr so‘rashim kerakmi? Nima uchun? Kimdan? Bu to‘g‘ri bo‘lmaydi. Nima shunchalik sodir bo‘ldiki, mendan uzr so‘rash talab etilyapti? – dedi Jezush. 

Shu bilan birga, mutaxassis avvalroq noyabr oyidagi yig‘inga Ronalduni yana chaqirishga tayyorligini, faqat futbolchining o‘zi qaytishga rozi bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q