Jizzaxda O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi

  • 21 yanvar, 18:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Joriy yilning, 27 yanvaridan 3 fevral sanasiga qadar Jizzax shahrida 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi. Chempionatda, 400 dan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tecno

Musobaqada ishtirok etish tartibi bilan tanishing.

Musobaqada ishtirok etish tartibi quyidagicha: - 3 yoshgacha O‘zbekiston chempionatida ishtirok etishga quyidagilarga ruxsat etiladi:

-har bir viloyatdan, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 10 nafardan ishtirokchi (beshta qiz bola va beshta o‘g‘il bola) 8 yoshgacha va 2 nafar qatnashchi (bitta qiz bola va bitta o‘g‘il bola) 6 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar;

- 2024 yilgi 8 yoshgacha O‘zbekiston chempionatida (standart) 1-3 o‘rinni egallagan sportchilar ishtirok etishlari mumkin.

Barcha ishtirokchilar 2017 yildan katta bo‘lmasligi, 6 yoshgacha qatnashchilar esa - 2019 yildan katta bo‘lmasligi shart.

- 10 yoshgacha O‘zbekiston chempionatida quyidagilar ishtirok etishi mumkin:

- har bir viloyatdan, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 10 nafardan ishtirokchi (beshta qiz bola va beshta o‘g‘il bola).

- 2024 yilgi 10 yoshgacha O‘zbekiston chempionatida (standart) 1-3 o‘rinni egallagan sportchilar ishtirok etishlari mumkin.

- 2024 yilgi 8 yoshgacha O‘zbekiston chempionatida (standart) 1-3 o‘rinni egallagan sportchilar agar ular 2017 yildan katta bo‘lsa;

Barcha ishtirokchilar 2016 va 2015 yilda tug‘ilgan bo‘lishi shart.

——-12 yoshgacha O‘zbekiston chempionatida quyidagi sportchilar ishtirok etadi:

- har bir viloyatdan, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 10 nafardan ishtirokchi (beshta qiz bola va beshta o‘g‘il bola).  

- 2024 yilgi 12 yoshgacha O‘zbekiston chempionatida (standart) 1-3 o‘rinni egallagan sportchilar ishtirok etishlari mumkin.

- 2024 yilgi 10 yoshgacha O‘zbekiston chempionatida (standart) 1-3 o‘rinni egallagan sportchilar agar ular 2015 yildan katta bo‘lsa;

Barcha ishtirokchilar 2014 va 2013 yilda tug‘ilgan bo‘lishi shart.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!