Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Jonathan Devid «Yuventus»dan ketishdan bosh tortdi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Jonathan Devid Turkiya klubi taklifini rad etib, «Yuventus»da 2030 yilgacha qolish niyati borligini ko‘rsatdi.

«Yuventus» tarkibida to‘p surib kelayotgan kanadalik hujumchi Jonatan Devid Turkiyaning bir klubi taklifini rad etdi. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Superliganing noma’lum klubi 26 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga urinган, ammo Devid bu variantga rozi bo‘lmagan. Hozircha u «Yuventus» bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma asosida o‘ynamoqda. Unga har mavsum uchun olti million yevro maosh va qo‘shimcha ravishda ikki million yevro miqdorida bonuslar mo‘ljallangan. Shu bois, hujumchining turinliklar safini tark etish niyati yo‘qqa o‘xshaydi.

O‘tgan mavsumda Jonatan Devid barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 46 ta o‘yinda maydonga tushdi, sakkizta gol urdi va beshta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q