Jo‘rabek Karimov chorak finaldagi raqibini kutmoqda
Zohir2018
Tennischilarimizning g‘alabali odimlari davom etadi
Rossiyaning Qozon shahrida tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi musobaqada Jo‘rabek Karimov chorak finalga chiqdi.
Tennischimiz musobaqaning ikkinchi davrasida mezbonlar vakili Vladimir Korolevni 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi turnirning chorak final bosqichida Jo‘rabek ikki rus tennischisi Maksim Ratniuk va Ivan Gaxov uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)