Jordi Alba: "Leoning raqobatchisi yo‘q"
"Inter Mayami" chap qanot himoyachisi Jordi Alba "Barselona" qanot himoyachisi Lamin Yamal haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Jurnalistlar ispaniyalik futbolchiga 18 yoshli yulduz va klub afsonasi Lionel Messini taqqoslash haqidagi an’anaviy savolni berishdi. 36 yoshli futbolchi ham o‘zgacha javob berdi.
"Yamal - ajoyib o‘yinchi, ammo "Barsa"da boshqa ajoyib o‘yinchilar ham bor. Masalan, Frenki de Yong, Pedri. Lamin va Messini taqqoslashning iloji yo‘q. Menimcha, Leoning raqobatchisi yo‘q", dedi Alba.
Eslatib o‘tamiz, Jordi 2012 yildan 2023 yilgacha Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng "Inter Mayami"ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar