Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Joze Mourinyo Kamavingani xafa qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mourin'yo Kamavinga bo‘yicha qarorini ochiq aytdi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga kelasi mavsumda unga ishonch katta bo‘lmasligini ma’lum qildi. 

Bu haqida jurnalist Serxio Valentin xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, mutaxassis futbolchiga yaqin mavsumda maydonga tushish imkoniyatlari cheklanishi mumkinligini aytgan. Shunga qaramay, Kamavinga bu vaziyatdan cho‘chimagan va klubni tark etish niyati yo‘q. 

Fransiya terma jamoasi a’zosi o‘z kelajagini hali ham «Real» bilan bog‘lamoqda. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eduardo Kamavinga Madrid klubi safida jami 223 ta o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt mobaynida olti bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan va 11 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q