Kabo-Verde yangilanmaydigan rekord o‘rnatdi

  • 27.06.2026 10:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kabo-Verde terma jamoasi jahon chempionati tarixiga kirdi: jamoa 1/16 finalga yo‘l olib, mundial pley-off bosqichiga chiqqan eng kam aholiga ega mamlakat sifatida qayd etildi.

Aholisi taxminan 525 ming kishini tashkil etuvchi ushbu orol mamlakati shu tariqa rekord o‘rnatdi. Ilgari jahon chempionatlarida aholisi bundan ham kam bo‘lgan Islandiya (370 ming) va Kyurasao (160 ming) ishtirok etgan, ammo bu terma jamoalar guruh bosqichidan chiqishga muvaffaq bo‘lmagan edi.

Qiziqi shundaki, Kabo-Verde guruh bosqichida biror marta g‘alaba qozonmadi: jamoa uch o‘yinning barchasini durang bilan yakunladi. Shunga qaramay, to‘plar nisbati va boshqa ko‘rsatkichlar hisobiga 1/16 finalga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. 

Oxirgi turda Britu Leitana shogirdlari Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushib, golsiz durang (0:0) qayd etdi.

Kabo-Verde tarixida ilk bor jahon chempionati final bosqichida ishtirok etmoqda va debutning o‘zidayoq pley-offga chiqishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!