Asosiy mazmunga oʻtish
O'zbek sporti

Kadетларимиз Германияга йўл олишди

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Musobaqada 36 davlatdan kelgan 800 nafarga yaqin o‘smirlar medallar uchun bahs olib boradi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi "Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026" turnirida ishtirok etish maqsadida Germaniyaga jo‘nab ketdi. 

Safar oldidan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ZOOM platformasi orqali terma jamoamiz delegatsiyasi bilan suhbatlashdi. Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 kadetlar o‘rtasidagi nufuzli musobaqa bo‘lib, unda 36 davlatdan kelgan 800 nafarga yaqin o‘smirlar medallar uchun bahs olib boradi. 

Terma jamoa bosh murabbiyi Aurelian-Chiprian Flis ushbu musobaqaga olib borilgan tayyorgarlik haqida hisobot berib, dzyudochilarimizning har biri bo‘yicha alohida ma’lumot taqdim etdi. Ayni paytda xizmat safarida bo‘lib turgan Azizjon Kamilov kadetlarimizga bo‘lajak musobaqada g‘alaba va omad yor bo‘lishini tiladi. Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q