
Kamaru Usman:"MMA muxlislari juda beshafqat"
Yarim o‘rta vaznda (77 kg) sobiq UFC chempioni, nigeriyalik Kamaru Usman faoliyatining hozirgi bosqichida duch kelgan muammolar haqida gapirdi.
“Men hozir qoniqarli holatdaman, ammo jarohatlari juda ko‘p. Shunday fursatlar bo‘ladiki, vaqt o‘tishi bilan jarohatlaringiz to‘planib qoladi. Bu esa sizning ishlashingizga ta’sir qila boshlaydi. Odamlar sizning qanchalik yaxshi ekaningizni, muvaffaqiyatga erishish uchun qancha vaqt sarflaganingizni unuta boshlaydi. “Oh, u tugadi”, deyishadi. Ko‘rdingizmi, MMA muxlislari qanchalik beshafqat?!”,– dedi Usman Weighing In podkastida.
Fikrlar