Kannavaro ko'chadan kirib kelgan mutaxassis emas!

  • 16.09.2026 07:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

MMA jangchisi Abubakar Nurmagomedov 14 noyabr kuni Dubayda oktagonga qaytib, avstraliyalik Devid Martinesga qarshi jang qiladi. Bu haqida PFL promousheni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Abubakar Nurmagomedov – mashhur sobiq chempion Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi. U uchun ushbu jang 2023 yildan buyongi ilk chiqish bo‘ladi. Sportchi so‘nggi marta 2023 yil iyunida UFC turniri doirasida oktagonga ko‘tarilgan edi.

Dubaydagi musobaqadagi jang yarim o‘rta vazn toifasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Raqib sifatida unga avstraliyalik jangchi Devid Martines tanlangan.

36 yoshli rossiyalik sportchi oxirgi jangini 2023 yil iyunida o‘tkazgan, o‘shanda u braziliyalik Elizeu Zaleski dos Santosga qarshi bahsda hakamlarining bo‘lingan qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragan.

Abubakar Nurmagomedov professional MMAda 17 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat va 1 ta durangga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!