Asosiy mazmunga oʻtish

Kapello: «60-daqiqagacha «Inter» sust va lanj o‘ynadi»

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Inter» bir oʻyinchi kam boʻlsa-da, «Shaxtyor»ni 1:0 hisobida magʻlub etdi, Fabio Kapello jamoaning oʻyinini sust deb baholadi.

YECHL umumiy bosqichining 3-turida Milaning «Inter» klubi oʻz maydonida «Shaxtyor»ni minimal hisobda magʻlub etdi — 1:0. Mashhur murabbiy Fabio Kapello uchrashuv haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

«Inter» uchrashuvni juda sekin boshladi. Jamoa past surʼatda oʻynadi va raqibga pressing qilmadi. Birinchi boʻlimda darvoza tomon atigi bir marta aniq zarba yoʻllandi. Maydonda 60-daqiqagacha sust va lanj oʻynagan «Inter»ni koʻrdim. Ularni doimo uchinchi uzatmada harakatlanadigan, faqat oʻyin oxiridagina beshinchi uzatmaga oʻtadigan mashinaga qiyoslash mumkin», — deya Kapelloning soʻzlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Eslatib oʻtamiz, «Inter» himoyachi Alessandro Bastoni chetlatilgandan keyin maydonda oʻn kishi boʻlib qolganiga qaramay, gʻalabani saqlab qoldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q