Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

Karatechilarimiz “Uzbekistan Open” turnirini "yondirib tashladi"

Javohir Malikov
Izohlar: 0

“Olimpiya shaharchasi”da xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha “Uzbekistan Open” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi. Mukofot jamgʻarmasi 10 400 AQSh dollarini tashkil etgan turnirda Oʻzbekiston, Qirgʻiz Respublikasi, Qozogʻiston, Rossiya va Tojikistondan 450 nafar sportchi qatnashdi. 

Turli yosh toifalarida kechgan  bellashuvlarda atletlarimiz 34 ta oltin, 40 ta kumush va 54 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi. Musobaqa terma jamoa murabbiylar shtabi uchun joriy yil oʻtkaziladigan Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlari oldidan asosiy va zahira sportchilarini shakllantirib olish imkoniyatini taqdim etdi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q