Karolina Plishkova jiddiy qarshilikka uchradi
Zohir2018
Yosh raqibidan bunday o‘yin kutmagan edi
Kanadaning Toronto shahrida o‘tayotgan "Rogers Cup" turnirining chorak finalida chexiyalik Karolina Plishkova o‘z ishtirokini yakunladi.
Mazkur bosqichda Karolina kanadalik Byanka Andreeskuga qarshi kortga chiqib 0:6, 6:2, 4:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa musobaqaning yarim finaliga chiqqan Byanka, endi amerikalik Sofiya Keninga qarshi raqobatlashadi.

Izohlar (0)