Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Karrik «Manchester Yunayted» bazasiga yetib keldi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik ishdan bo‘shatilishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, hozircha o‘z vazifasini davom ettirmoqda.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik jamoaning mashg‘ulot bazasiga ertalaboq yetib keldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz mutaxassisi seshanba, 27 oktyabr kuni jamoaga mashg‘ulot o‘tkazishi kutilmoqda. Bu orqali klub atrofida aylanayotgan ishdan bo‘shatish haqidagi mish-mishlarga qaramasdan, Karrik hozircha o‘z vazifasini davom ettirayotgani ko‘rinmoqda. Avvalroq «qizil iblislar» rahbariyati Karrikning kelajagi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazib, muhim qaror qabul qilishi kerakligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Manchester Yunayted» so‘nggi paytlarda jiddiy inqirozga yuz tutdi: jamoa ketma-ket ikki yirik mag‘lubiyatga uchradi. Hozirgi paytda Karrik boshqaruvidagi jamoaning barcha musobaqalardagi g‘alabasiz seriyasi sakkizta o‘yinga yetdi.

31 oktyabr kuni «Manchester Yunayted» APLning to‘qqizinchi turi doirasida safarda «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q