Karrik Reşfordga imkoniyat bermoqchi
2026 yilgi jahon chempionati yakunlangandan so‘ng Angliya terma jamoasi hujumchisi Markus Reşford yangi mavsumga tayyorgarlikni «Manchester Yunayted» bilan birga boshlaydi.
Futbol insayderi Fabrizio Romanoning xabar berishicha, «qizil iblislar» bosh murabbiyi Maykl Karrik hujumchiga o‘zini ko‘rsatish va asosiy tarkib uchun kurashish imkoniyatini bermoqchi. Shu bois klub rahbariyati Reşfordni sotish masalasida shoshilmaslikka qaror qilgan. Shu bilan birga, transfer ehtimoli to‘liq yopilmagan: agar «Manchester Yunayted» Yevropa yetakchi klublaridan jiddiy taklif qabul qilsa, kelishuv amalga oshishi mumkin. Avvalroq 28 yoshli futbolchiga bir qator turk jamoalari qiziqish bildirgan, ammo ularning takliflari Markusrni qoniqtirmagan.
Reşford 2024 yil dekabridan beri «MYu» safida maydonga tushmagan. 2025 yil fevraldan may oyigacha u «Aston Villa» tarkibida ijara asosida o‘ynadi, o‘tgan mavsumni esa to‘liq «Barselona»da o‘tkazdi.

Fikrlar