Katanets o‘yinni “quritdi”

  • 12 iyun, 2023, 00:46
  • 4
  • Futbol

Bugun yurtimizda "CAFA Nation's Cup” musobaqasi start oldi. “A” guruhidan o‘rin egallagan ikkinchi o‘yinda O‘zbekiston Ummon ustidan ishonchli (3:0) natijasi bilan g‘alaba qozondi. Bahs oldidan termamiz ustozi ancha murakkab vaziyatda qolgan edi. Eldor Shomurodovning yo‘qligi bir tomon bo‘lsa, Aliqulov va Ashurmatov tandemining yo‘qligi ham bosh og‘riqqa aylanishi kutilgan edi. Yakunda, Katanets vaziyatni to‘g‘ri baholab, ortiqcha qiyinchiliksiz murakkab vaziyatdan g‘olib bo‘lib chiqdi. O‘yinimizdagi ayrim stratik o‘zgarishlar va mutaxassisning start rejasi haqida kichik tahlilni ko‘rib chiqamiz.

uzb sxema

Srechko Katanets biz hali ko‘rmagan yangi “fishkalari” bor ekanini ko‘rsatdi. Eldorning yo‘qligi balki bunga majbur qilgandir?! E’tiborlisi, murabbiy katta talofotlarsiz jangda g‘olib chiqdi. Sof markaziy hujumchi o‘rniga, ikkita aldamchi to‘qqizlik ampluasidagi tezkor yigitlar birgalikda raqibning 4 himoyachisini doimo bosim ostida ushlab turdi. Murabbiy nostandart sxemada Jamshid Iskanderov erkin ijod qilishi uchun markaziy zonani bo‘shatib berdi. Otabek Shukurov va Odil Hamrobekov tayanch zonasida kichik blok sifatida raqibni kutib olishni boshladi. Soddaroq qilib aytilsa,  Iskanderovning o‘rniga ular pressingda ikki hissa ishladi. Qanot yarim himoyachisi va vingerlarsiz harakat qilganimiz sababli Jamshid markazda to‘pni ushlab, orqadagilarni oldinga o‘tishi va  kerakli pallada hujumni keskinlashtirish uchun qo‘shimcha bonus vazifasini bajardi. To‘g‘ri, birinchi bo‘limda Iskanderov deyarli ish bermadi, biroq ikkinchi taymda bu markazdagi ustunlikni ta’minlay oldi.

gm3jgi34g

Kerakli pallada o‘yinni “qurita” olganimiz sababli Ummon bugun hech bir aspektda bizga raqiblik qila olmadi. Standart vaziyatlar inobatga olinmasa, raqib shunchaki o‘yindan tushib qoldi. 10 kun ichida bo‘lib o‘tadigan musobaqada kuchni to‘g‘ri taqsimlash juda muhim. Qisman, bahsning borishini Jaloliddin Masharipovning jarima zarbasidan urgan goli boshqa tomonga burib yuborgani ham rost. Ilk 15 daqiqalikdagi ustunlik tabloga ko‘chgach, biz to‘pni raqibga bergancha, boks tilida aytilgandek “ikkinchi raqamda ishladik”. To‘psiz harakatdagi aktivlik esa a’lo darajada. Raqib bo‘sh zonalar topa olmagani uchun ham o‘yinning katta qismini maydon markazidagi besamar paslar bilan o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Aslida, bunday turnirlar katta o‘yinlardagi rang-baranglik uchun zamin yaratadi. Bugun sof hujumchisiz to‘p tepib, yana bir o‘yin strategiyasini sinovdan o‘tkazdik.  Muhim o‘yinlar oldidan vaziyatdan kelib chiqib, bir necha uslubda o‘ynay olishimiz kishini quvontirmay qolmaydi.

okf23okf23

To‘g‘ri, ideal o‘yin o‘tkazmadik. Raqib ham Osiyoning TOP-5 jamoalaridan biri emas.  Mudofaa chizig‘ida muammolar bor, ammo tarkibga Husniddin Aliqulov va Rustam Ashurmatov qaytsa, muammoning kattagina qismini hal qilishi aniq. To‘p bilan ham, to‘psiz ham Ummon bilan o‘yinda bir bosh baland ekanligimizni ko‘rsata oldik. Bu juda muhim faktor. Yaxshi himoyalana olish zamonaviy futbolning asosiy printsiplaridan biriga aylanib bo‘ldi.

O‘tayotgan vaqt terma jamoamizni yangi o‘yin falsafasini o‘zlashtirayotganidan dalolat bermoqda. Muammolar va kamchiliklar haqida ortiqcha to‘xtalmadik. Sababi oddiy. G‘oliblar (hozircha) muhokama qilinmaydi.

Ya.U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдигани
13/06/2023 07:50
Хужумчи сифатида О.Уриновни урнида Бобин.Абдихоликов булса уйин енарди менимча.
&
Shahboz qarshi
13/06/2023 00:28
Jo'jani kuzda sanaymiz deydi mirjalol qosimov xar yili.boymurodovniyam real barsa deb osmonu falakka olib chiqishgandi ko'pchilik.bunaqa darajasi past o'yinlar xar doim aldamchi bo'ladi.sitiyam finalda real bilan o'yindagi o'yinini qilolmaganday.lekin yutdi to'g'ri.erta baho berish kerakmas deb bilaman azizlar.
&
Khalli_27
12/06/2023 22:12
Fikrlarizga qoshilaman menga oyindagi eng yoqqan jixat Futbolchilarimiz 2-taym boshini xisobga olmasa yakka kurashlarda oxirigacha oynagani boldi Bir biriga ishonib qolish yo'q xamma o'z vazifasini profissional bajardi deb ayta olaman . Xatolarga keladigon bolsak albatta xatolar bolishi tabiiy ozi bu uchrashuvlar manashu xato kamchiliklarni korib olish ular ustida ishlash uchun otkazilayotgan bolsa ba'zi muslislar kabi Milliy terma jamoamizni yerga komib qoyish xam togri emas ! Milliy terma jamoa muxlisi bolganingdan keyin shunday vaziyatlarda ularga dalda berish padderjka qilib ruxlantirish biz muxlislarni vazifamiz ! Faqat aybini xatosini gapiraversa oyinchilarimizni ruxiyatiyam tushib ketadi natijada hechkim oyinda xato qilmaslig uchunam xatto top bilanham muomla qilmay qoyadi uzoqdan tepish ku yoqolib ketdi shu singari qanot vinger larimiz ham aldashni jarima maydoniga yorib kirishga ham qorqishadi . Bu esa oyinda kop narsani xal qilib beradi qarabsizki maglubiyatlar maglubiyatlar
Shuning uchun yutganida yutuqli taraflarini ham Yaxyoxuja kabi takidlab etirof etib turish togri deb xisoblayman !
Maqola uchun raxmat Youtube da ham jonli efirga chiqib fikrlarizni bildirishinglarni kutib turibman chiqasizlarmi ozi
&
qaxramonortiqov89@gmail.com
12/06/2023 01:34
Yaxshi xam bitta omondi yutdi Boshqa jamoani yutkanda osomonga olib chiqarib qoyasiz ekanda qoyil oma