Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Katta klublarda o‘ynaydigan davring keldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Takliflar kela boshlandi

«Brayton» jamoasida to‘p surib kelayotgan markaziy yarimhimoyachi Yasin Ayari qishki transfer oynasidan so‘ng jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli shved futbolchisiga bir qator evropalik grandlar, jumladan «Chelsi», «Milan» va Dortmundning «Borussiya»si jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Shu bilan birga, ular Ayari uchun kurashda Saudiya Arabistoni klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Manbaga ko‘ra, «Brayton» yarimhimoyachini taxminan 40–60 million yevro atrofida baholamoqda.

Joriy mavsumda Ayari barcha musobaqalar hisobga olingan holda maydonga o‘n marta tushdi va ikki bor gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q