Kayl Uoker: "argentinaliklar aql­li o‘ynashdi"

  • 16.07.2026 14:47
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Kayl Uoker 2026 yildgi jahon chempionati yarim finalida Argentinaга qarshi uchrashuv (1:2)dan keyin raqib jamoa o‘yin davomida taktik usullarni juda mohirona qo‘llaganini ta’kidladi. 

 

Uning fikricha, Janubiy Amerika vakillarining o‘yin uslubi oldindan o‘ylab qo‘yilgan bo‘lib, uchrashuv taqdirini o‘z foydalariга o‘zgartirishga yordam bergan.

 

«Ular aql bilan o‘ynashdi — mayda qoidalarni buzish, kechikib kirilgan jarimalar, orqadan turib urilishlar. Nima qilayotganini juda yaxshi bilishadi. Maydonda o‘zlarini juda hiylakor tutdilar», — deya Uokernig so‘zlarini keltiradi The Sun nashri.

 

Uchrashuvda hisobni Angliya birinchi bo‘lib ochdi, biroq ikkinchi bo‘limda ikki gol o‘tkazib yubordi va finalga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Endilikda Argentina hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Angliya esa uchinchi o‘rin uchun Frantsiya bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!