Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Kechagi o‘yinda Eldor Shomurodovdan faqat bir jamoadoshi ko‘p ball oldi

Javokhir Azimov
Izohlar: 3

Gol muallifi ko‘proq ballga ega bo‘ldi.

Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi Italiya A Seriyasi 25-turidan o‘rin olgan uchrashuvni "Sampdoriya"ga qarshi o‘tkazdi. "Luiji Ferraris" stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

Mezbonlarning goliga Zappakosta mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlar vakili Lorentso Tonelli hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakuniga qadar darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

Legionerimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 82 daqiqa harakat qildi. Italiyaning mashhur "La Gazette dello Sport" nashri hamyurtimizning maydondagi harakatlarini 6,5 ballga baholadi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u jamoadoshlari orasida faqat Zappakostadan ortda qoldi, xolos.

IMG_20210304_120944_399

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q