Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kerrik: "Menga dam olish kerak emas"

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Murabbiyga muhitga moslashganini ta'kidladi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik mavsum yakuniga kelib ham ishdan charchamaganini ma'lum qildi.

Bugun Angliya Premier ligasining soʻnggi tur uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. Allaqachon kuchli uchlik va Chempionlar ligasi yoʻllanmasini kafolatlagan "qizil iblislar" safarda "Brayton"ga qarshi maydonga tushadi.

"Rostini aytsam, menga dam olish kerak emas. Oʻzimni yaxshi his qilyapman. Sen ish ritmiga tushib ketasan, koʻnikib qolasan va shu muhitga moslashasan.

Bu yerdagi har bir daqiqadan zavq olyapman va menda tanaffus kerak degan his yoʻq", — dedi Kerrik matbuot anjumanida.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda ingliz mutaxassisi klub bilan shartnomasini 2028 yil oʻrtasigacha uzaytirgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q