Kevin de Bryüne ketadi, u jamoada mavqeini yo‘qotdi
Qiyin davrga duch keldi
Kevin De Bryüne yozdayoq «Napoli»ni tark etishi mumkin. Bu haqida insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, belgilaylik yarim himoyachi neapolliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri rejalariда asosiy figura sifatida ko‘rilmayapti. Shu bois uning jamoada qolishi katta savol ostida qolmoqda.
De Bryüne va «Napoli» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Shuningdek, kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham bor. Shunga qaramay, futbolchining kelajagi klubda hali aniq emas.
O‘tgan mavsumda 35 yoshli belgilaylik barcha musobaqalar doirasida 21 ta o‘yin o‘tkazdi, 5 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi. Shu bilan birga, turli jarohatlar sabab ko‘plab uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi.
De Bryüne 2026 yildagi jahon chempionatida ham maydonga tushib, jamoasi bilan chorak finalgacha yetib bordi.

Izohlar (0)