Kevin De Bryoinedan bunaqasini kutmagan edim
Murabbiy fikrini aytdi
«Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya A Seriyasi 2026/2027 yilgi mavsumi 1-turida «Jenoa»ga qarshi o‘yin oldidan jamoa yarim himoyachisi Kevin De Bryoyne haqida fikr bildirdi.
«U jamoaga kechroq qo‘shildi, lekin hozirning o‘zida yaxshi sport formasida. Ochig‘ini aytsam, 10 kun ichida shuncha darajaga chiqishini kutmagandim. Kuchli futbolchilar qaerda bo‘lishidan qat’i nazar o‘ynay oladi, ular buni qanday qilishni biladi va maydonda o‘zlari uchun eng maqbul pozitsiyani topa oladi», — deya Allegrining so‘zlarini Football Italia keltiradi.
Bundan oldin ommaviy axborot vositalarida belgilaylik yarim himoyachi Italiya klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda 35 yoshli De Bryoyne barcha musobaqalar doirasida 21 ta o‘yin o‘tkazdi, beshta gol urdi va to‘rtta golli uzatma berdi. Shu bilan birga, turli xil jarohatlar sabab ko‘plab uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi. Belgiyalik futbolchi so‘nggi jahon chempionatida ham maydonga tushib, jamoasi bilan chorak finalgacha yetdi.

Izohlar (0)