Kevin De Bryuyne Messining yoniga ketadi
Zoʻr variant chiqib qoldi
AQShning eng mashhur klublaridan «Inter Mayami» Italiya ning «Napoli» klubi va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne bilan shartnoma imzolashni rejalashtirayotgani xabar qilinmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, amerikaliklar futbolchiga avval ham qiziqish bildirgan, ammo o‘shanda taklif rad etilgan edi. Endi esa 35 yoshga kirgan De Bryuyne karerasini AQShda davom ettirish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Belgiya lik futbolchining «Napoli» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyunida yakunlanadi. Transfermarkt.de portali hozircha uning bozor qiymatini 8 million yevro atrofida baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Kevin De Bryuyne «Napoli» safida barcha musobaqalar doirasida 21 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli pas muallifiga aylandi. Undan oldin belgiya lik yarim himoyachi «Genk», «Chelsi», «Verder», «Volfsburg» va «Manchester Siti» tarkibida ham o‘ynagan.
«Inter Mayami» tarkibida esa hozircha asosiy yulduz sifatida argentinalik Lionel Messi qayd etilmoqda. Shuningdek, jamoa sharafini Rodrigo De Paul, Kazemiro va Luis Suarez kabi taniqli futbolchilar ham himoya qilmoqda.

Izohlar (0)