Keyn Angliyaning Argentinga mag‘lubiyati sababini aytdi
Hujumchi jamoa finalga chiqish imkoniyatini qoʻldan boy berganidan keyin butun tarkib juda ogʻir holatni boshdan kechirayotganini tan oldi.
- Ham futbolchilar, ham murabbiylar shtabi, ham muxlislar ruhan juda charchab qoldik. Oʻyinning katta qismida yaxshi harakat qildik. Lekin hisobni 1:0 qila olganimizdan keyin orqa chiziqqa juda qattiq chekinib qoldik, bunday darajada bu yetarli emas. Bu yergacha yetib kelish uchun ulkan mehnat qildik. Yigitlar maydonda bor kuchini berdi, shuning uchun bunday tarzda magʻlubiyatni qabul qilish juda ogʻir, - deya Keyinning soʻzlarini FIFA matbuot xizmati keltiradi.
Endilikda Angliya terma jamoasi uchinchi oʻrin uchun bahsda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar