Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Keyn "Barsa" yoki "Real"da o‘ynashga tayyor

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Zabt etilmagan Ispaniya qoldi

«Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn Ispaniya chempionatida to‘p surish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.

«Ayrim pallalar bo‘lganki, bu rostdan ham amalga oshishi mumkin edi. Men La Ligaga katta hurmat bilan qarayman. «Barselona», «Real», «Atletiko» — dunyodagi eng yirik klublardan. Bolaligimdan Ronaldu va Messi o‘yinini tomosha qilib o‘sganman. 

Futbolda istalgan narsa ro‘y berishi mumkin. Hech narsani inkor etmayman, lekin hozir o‘zimni Germaniyada baxtli his qilaman», — deya ta’kidladi Keyn MARCA nashriga bergan intervyusida.

Harri Keyn 2023 yildan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida olti o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bir marta golli pas berdi.

33 yoshli hujumchining myunxenliklar bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar amal qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q