Keyn Germaniyadan ketishga shoshilmayapti
Yaqinda "Bavariya" jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Angliya chempionatiga qaytishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqaldi. Biroq, "The Telegraph" nashrining xabar berishicha, hujumchi nemis klubidan ketishga shoshilmayapti.
Ma’lum bo‘lishicha, Keyn oilasi Myunxendagi hayotdan mamnun, futbolchining o‘zi esa "Bavariya"da o‘ynayotganidan baxtiyor. Keynga yaqin manbalar uning APL jamoasiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarni tasdiqlamadi. Angliya milliy terma jamoasi hujumchisi 2023 yil yozida "Tottenxem"dan "Bavariya"ga o‘tgan edi.
Mashhur hujumchi "Bavariya" safida barcha musobaqalarda jami 103 ta o‘yinda maydonga tushib, 98 ta gol urgan va 29 ta golli uzatma bergan. Keynning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar