
Keyn Messi uni xafa qilganini aytib berdi
Germaniya chempioni “Bavariya” klubi va Angliya milliy terma jamoasi yulduzi Harri Keyn raqiblar bilan futbolka almashish haqida fikr bildirdi. Undan futbolchilarning futbolka almashishiga munosabatini so‘rashdi.
- Agar kimdir menga futbolka almashishni taklif qilsa, albatta almashaman. Kareram davomida men faqat bir necha o‘yinchidan futbolka almashishni so‘raganman xolos.
Bular Ueyn Runi, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi. Runi va Ronaldu futbolkalarini berdi, lekin Messidan olish nasib etmadi, — dedi Keyn.
Yangi mavsumning birinchi rasmiy o‘yinini «Bavariya» 16 avgustda Germaniya Superkubogi doirasida “Shtutgart”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar