Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kichik "ajdarlar" chorak finalda!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Keyingi bosqichda Portugaliyaning "AC Marinhense" jamoasi raqib bo‘ladi.

"Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Portugaliyadaga musobaqada ishtirok etayotganidan xabaringiz bor.

Kecha kichik "ajdarlar" "IberCup" musobaqasi 1/8 finalida Islandiyaning "Valur A" jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvni "Nasaf" yoshlari faol boshlab, birinchi bo‘lib hisobni ochishdi. Biroq raqib javobsiz qolmay, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Gollarga boy kechgan o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

G‘olib penaltilar seriyasida aniqlanib, yosh “ajdarlar” 5:4 hisobida zafar quchdi va chorak finalga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda Portugaliyaning "AC Marinhense" jamoasi raqib bo‘ladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q