Kiki Bertens finalda o‘ynaydi
Zohir2018
Tennis malikalarining o‘zi ham, o‘yini ham go‘zal
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "St.Petersburg Ladies Trophy" turnirining final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi.
Unda gollandiyalik tennischi Kiki Bertens musobaqaning yarim finalida mezbon tennischi Ekaterina Aleksandrovaga qarshi kortga chiqdi va 6:1, 4:6, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, yakkalik bahslarining finaliga chiqqan K.Bertens, so‘nggi hal qiluvchi o‘yinda qozog‘istonlik Elena Ribakinaga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.

Izohlar (0)