Kiki Bertens raqibiga imkon qoldirmadi
Zohir2018
Kiki mezbonlarni hafa qildi
Gollandiyalik tennischi Kiki Bertens va frantsiyalik Polin Parmente Frantsiya ochiq chempionatining birinchi bosqichida o‘zaro kuch sinashdi.
Kiki Parij shahrida o‘tayotgan mazkur turnirning ushbu bosqichida mezbonlar vakilini 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa "Rolan Garros" musobaqasining ikkinchi davrasiga chiqqan Bertens, endi slovakiyalik Viktoriya Kuzmova bilan kuch sinashadi.


Izohlar (0)