Kim so'rasa ham bu o'yinchi sotilmaydi!
Noyob iste'dod
«Liverpul» rahbariyati jamoa vingeri Rio Ngumoani sotish niyatida emas. Unga Germaniyaning «Bavariya» klubi qiziqish bildirmoqda.
Joriy haftada Bild nashri «Bavariya» Luis Diazga yosh raqobatchi izlashni faollashtirgani va Ngumoani tegishli qisqa ro‘yxatga kiritgani haqida xabar berdi.
Ngumoa joriy mavsumda jadal o‘sishga erishmoqda. U Premier-liga va butun Yevropaning eng yorqin yosh iste’dodlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Biroq «Liverpul» Ngumoaga katta umid bog‘lamoqda va 18 yoshli angliyalik futbolchi bo‘yicha boshqa klublardan keladigan har qanday so‘rov va takliflarni rad etishga tayyor. Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.
Bundan tashqari, «Liverpul» Ngumoaning 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirish ustida allaqachon faol ish olib bormoqda. Mersisayd klubi yangi kelishuvni rasmiylashtirishda hech qanday muammo yuzaga kelishini kutmayapti.
Izohlar (0)