Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kimlar Angliya qahramoni bo‘ldi?

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Ularning oʻyinidan keyin Tuxel ancha engil tortdi

Milliy jamoa Liga millatlaridagi yo‘lini «Uembli»da Ispaniyaga qarshi mag‘lubiyat bilan boshlagan Angliya Chexiyaga safar qildi. Maqsad aniq edi – faqat g‘alaba. Ayniqsa, chexlar tarkibidagi bir futbolchi maydondan chetlatilgandan keyin «uch sher» muxlislari boshqa har qanday natijani qabul qilmagan bo‘lardi.

«Evro-Futbol»  nashri ushbu mavsum Liga millatlarida Angliya terma jamoasining ilk g‘alabali o‘yinida eng yaxshi deb baholangan uch futbolchini subyektiv tarzda ajratib ko‘rsatdi.

Eng yuqori baholash mezoni – 10 ball (o‘yin boshidagi start bahosi – 6,0).

ELLIOT ANDERSON – 7,5. Anderson uchun bu eng yaxshi o‘yin bo‘lmadi, biroq u baribir ma’lum darajadan pastga tushmadi. Beshinchi daqiqada Shultsning darvozabon bilan yuzma-yuz chiqishiga aynan Elliot o‘z yarim maydonida to‘pni ishonchli qabul qila olmagani sabab bo‘ldi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, shu Shults taym o‘rtasida aynan Elliotga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun maydondan chetlatildi. Anderson o‘yin davomida to‘p bilan 42 marta dribling yoki yugurish amalga oshirdi, 81 marta aniq pas berdi, bu esa 90 foiz aniqlikni anglatadi.

TRENT ALEKSANDER-ARNOLD – 7,5. Trent terma jamoaga qaytishini munosib o‘yin bilan nishonladi. U to‘rt marta aniq uzatma bilan flangdan xavfli uzatmalar yo‘lladi, uchta kalit pas berdi, shulardan biri ikkinchi taym boshlanishidayoq Gordoning goliga sabab bo‘ldi. Chexiya bir kishi kam bo‘lgani uchun asosan himoyalanish bilan band bo‘ldi (amalda bu ham uncha samara bermadi), shu bois Trent o‘z qanotida jiddiy bosimga duch kelmadi. U kirishgan uchta yakkakurashning uchalasida ham yutqazdi, ammo bu hisobga ta’sir qilmadi.

ENTONI GORDON – 9,0. Eng og‘ir kechgan o‘yin esa chexlarning o‘ng qanotida harakat qilgan Xaloupek va Radosta hisobiga yozildi – ular butun o‘yin davomida aynan Gordonga qarshi o‘ynashga majbur bo‘lishdi. Entoni doimiy ravishda ikki xil xavf yaratdi: darvoza tomon yo‘llangan zarbalar va o‘tkir past uzatmalar. Oyog‘i bilan gol urishning iloji bo‘lmadi, ammo kichik bo‘yiga qaramay, Gordon ikkinchi taym boshida boshi bilan kutilmagan uslubda sakrab gol urdi. Tinim bilmagan Gordon Rojers uchun ikki, Xoll uchun esa bir golli vaziyat yaratib berdi – nazariy jihatdan u assistlar bo‘yicha xet-trik qilish imkoniyatiga ega edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q