Kimmiх «Arsenal»ga qarshi o‘ynamaydi
«Bavariya» yarim himoyachisi Yozyua Kimmix yaqin qarindoshi vafoti sababli Chempionlar ligasida «Arsenal»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi
«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix Chempionlar ligasi guruh bosqichining uchinchi turida «Arsenal»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Myunxen klubi futbolchining safdan chetda qolishiga yaqin qarindoshining vafoti sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Klub matbuot xizmati ushbu ma’lumotni rasmiy tasdiqlab, Kimmixning shaxsiy holatiga hurmat va tushunish bilan yondashishni so‘radi.
«Yaqin qarindoshlaridan biri vafot etgani munosabati bilan Yozua Kimmix «Arsenal»ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi», — deyiladi «Bavariya» bayonotida.
Joriy mavsumda 31 yoshli nemis futbolchisi barcha musobaqalar doirasida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
«Bavariya» va «Arsenal» o‘rtasidagi uchrashuv 21 oktyabr, chorshanba kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv boshlanish vaqti — Moskva vaqti bilan soat 22:00.
Izohlar (0)