Klopp dunyodagi eng zo‘r murabbiy nomini aytdi
“Liverpul” va “Borussiya Dortmund” jamoalarning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘z murabbiylik faoliyatiga baho berdi va eng zo‘r hamkasbi kim ekanini aytdi.
- Men murabbiylik qilgan paytimda o‘zimni buyuk murabbiy, deb hisoblamaganman.
Ammo agar odamlar mening Gvardiola bilan raqobatimizga e’tibor qaratsihsa va men uni dunyodagi eng yaxshi murabbiy, deb hisoblasam, demak men ham ancha yaxshi mutaxassis bo‘lganman.
Men buni ilgari oxirigacha anglamagan ekanman, - dedi germaniyalik mutaxasis.
Kloppning so‘nggi ish joyi “Liverpul” bo‘lgan. Nemis murabbiyi 2015 yildan 2024 yilgacha ingliz grandini boshqargan. U jamoani APL va Chempionlar ligasida g‘alabalarga olib kelgan.
Fikrlar