Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Klopp kursisini kimga topshiradi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

Da’vogarlar ko‘p...

Bir necha yildan beri “Liverpul”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Yurgen Klopp mavsum oxirida bosh murabbiylikni topshirishini oldindan ma’lum qilgan edi.

Klub rahbariyati uning o‘rniga munosib nomzod qidiryapti. Ma’lumotlarga qaraganda, liverpulliklar uch nafar murabbiydan iborat ro‘yxat tuzdi va ular bilan muzokara o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

The Independent nashrining yozishicha, Kloppning o‘rniga asosiy da’vogar sifatida “Bayer”ni engilmas jamoaga aylantrgan Xavi Alonso va “Sporting”ni Portugaliya chempioni qilgan Ruben Amorim  nomi qayd etilgan.

“Liverpul” birinchi navbatda ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonsoni olib kelishga urinib ko‘radi. Agar buning imkoni topilmasa, Ruben Amorimga murojaat qilinadi.

Angliya Premer-ligasida ishlash tajribasiga ega Roberto De Zerbi uchinchi nomzod hisoblanadi. Italiyalik murabbiy ayni paytda “Brayton”da muvaffaqiyatli ish yuritmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q