Klopp murabbiylakka qaytyapti, jamoa tayyor!

  • 03.07.2026 11:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Klublar miqyosida «Borussiya Dortmund» va «Liverpul» jamoalarini yuqori pog'onalarga olib chiqqan mashhur murabbiy Yurgen Klopp yana katta futbolga qaytish arafasida. 

Bu haqida insayder Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatdi.

Jurnalist ma'lumotiga ko'ra, Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketkazilgan Yulian Nagelsmann o'rnini egallashga tayyor. Avvalroq 38 yoshli mutaxassis 2026 yilda bo'lib o'tadigan jahon chempionatidagi omadсиз ishtirokdan keyin «bundestim»ni tark etgani haqida ma'lumotlar tasdiqlangan edi.

Shimoliy Amerikada o'tgan mundialda Germaniya terma jamoasi musobaqani 1/16 finalda yakunladi. Nagelsmann shogirdlari kutilmaganda Paragvay terma jamoasiga mag'lub bo'ldi: asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa raqib 4:3 hisobida ustun keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!