Klopp uni tanlab xato qildimi?!

  • 21 fevral, 2021, 14:28
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amaldagi Angliya chempionlari Budapeshtda «RB Leyptsig» bilan to‘qnash kelganidan xabaringiz bor. Klopp shogirdlari raqibning xatolarini kechirmadi va 2 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi. Bu o‘yinni «buqalar»ning sobiq a’zosi Nabi Keyta teleekran orqali tomosha qilgani aniq.

Tecno

Keyta uchun o‘z jamoasining o‘yinlarini uyida o‘tirib tomosha qilish odatiy tusga kirib bo‘ldi. U Yangi yil oldidan olgan jarohati sababli 14 o‘yinni televizor qarshisida kuzatdi.

Aslida, u jamoa bilan birgalikda Vengriyaga uchmoqchi edi, biroq Yurgen "Liverpul" derbisiga qadar yaxshilab tiklanib olishi uchun uni Angliyada qoldirdi. «Everton» bilan o‘yinda Klopp Keytani unutib yuborishga majbur bo‘ldi...

kookok

Keyta jarohatidan forig‘ bo‘lish maqsadida klub tomonidan atayin jalb qilingan Andreas Shlyuberg bilan personal mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Avval «Shalke» klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan Shlyuberg zamonaviy futbolda juda muhim vazifalardan birini bajaradi. U jarohatdan forig‘ bo‘lgan va yana o‘z sport formasini tiklash arafasidagi  futbolchilar bilan ishlaydi. Mersisaydliklar aynan shu maqsadda uni Yurgen Kloppning shtabiga olib kelishdi. Shuningdek, Andreas jarohat yana qaytalanmasligi uchun maxsus mashg‘ulotlar tashkil etgan. Bu mashg‘ulotlar Nabi Keyta uchun ancha foydali bo‘lishi turgan gap.

Mutaxassis o‘zi Keytani tez orada yana maydonda ko‘rinish berishi haqida so‘zlamoqda. Nabi ham futbolni sog‘ingan. Katta ehtimol bilan bu unga «Liverpul» tomonidan berilgan so‘nggi imkoniyat bo‘ladi.

26 yoshli futbolchi Yurgen Kloppning «Enfild»da amalga oshirgan eng katta transferi sanaladi. Afsuski, aynan shu transfer hali o‘z mevasini bergani yo‘q. Vaholanki, uni qo‘lga kiritish uchun grandlar o‘rtasida chinakam kurash borgan edi. «Barselona», «Bavariya» kabi nomdor jamoalardan o‘zib ketish uchun «Liverpul» «RB Leytsig»ga 52 million funt to‘lashga rozi bo‘ldi. Sababi, juda oddiy. Nabi 2016/17 yilgi mavsumda Bundesligada 8+8 natijasini qayd etgan. Bundan tashqari, maydon markazidagi kurash va tezkorlik bobida u bo‘lajak yulduz ekanligini isbotlagandek tuyulgan edi…

Yurgen Klopp tomonidan mukammal yarim himoyachi deya ta’riflangan yigitga afsonaviy 8-raqam topshirildi. Stiven Jerrardning o‘rini bosishi va o‘zini kerakli ekanligini his qilishi uchun bundan ortiq imkoniyat bo‘lmasa kerak.

Oradan 3 mavsum o‘tdi, ammo 8-raqamning egasi hech qanday «mo‘’jiza» ko‘rsatgani yo‘q. To‘g‘ri, Keyta «Enfild»dagi faoliyati davomida juda yorqin o‘yinlar o‘tkazdi, ammo bunday o‘yinlar soni barmoq bilan sanagulik, xolos. Undan Klopp 4-3-3 sxemasining markazdagi eng muhim figurasi sifatida foydalanmoqchi edi. Keyta hujum va himoyada birdek faol bo‘lgani uchun, Klopp uning yordami bilan 90 daqiqa ichida o‘yinning borishi boshqarishni reja qilgan.

Keyta esa, «Liverpul»dagi ilk kunlaridayoq muammolarga duch kelishni boshladi. Avvaliga ingliz tilini bilmasligi pand bergan bo‘lsa, keyin APLning kurashlarga boy yuqori tempiga moslasha olmadi. Ko‘p o‘tmay jarohatlar asosiy planga ko‘tarildi. Bu omil uning «Liverpul»da asosiy futbolchi bo‘lishiga imkon qoldirmadi. O‘yin amaliyotisiz qolib ketish Keyta uchun borgan sari odatiy holga aylanib bormoqda.

koerkgoekrg

2018/19 yilgi mavsum: APLda 13 98 daqiqa, mavsumdagi o‘yinlarning 84 foizi;

2019.20 yilgi mavsum: APLda 813 daqiqa, mavsumdagi o‘yinlarning 71 foizi;

2020/21 yilgi mavsum: APLda 398 daqiqa, o‘yinlarning 36 foizi;

Nabi nafaqat jarohat, balki COVID-19 sababli ham bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Aslida, o‘zining Kloppga kerak ekanligini isbotlash uchun bu mavsum hal qiluvchi rol ijro etadi. Afsuski, Keyta uchun mavsum omadli boshlanmadi. U atigi 6 bor asosiy tarkibda ko‘rinish bergan bo‘lsa, faqat marta 90 daqiqa to‘liq harakat qildi. Gol va assistdan hali «pochin» yo‘q.

Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, agar Keyta bu mavsumda ham klub uchun foydali futbolchi bo‘lmasa, u transferga qo‘yiladi. To‘g‘ri, hozir Keyta uchun birorta klub 50 million evro sarflamaydi. Uzog‘i bilan 25-30 millionga uni qo‘yib yuborish mumkin.

To‘g‘ri, Klopp hali o‘z tanlovidan yuz o‘girgani yo‘q. U Keytani o‘z potentsialini to‘liq namoyish etishidan umidvor.

«Jarohatlardan hech kim sug‘urtalanmagan. Hozir buni birga engib o‘tishimiz lozim. Keyta yana safga qaytgach, ko‘z o‘ngimizda buyuk futbolchi turganiga guvoh bo‘lamiz».

Xo‘sh, nima uchun Keyta «Liverpul»da avvalgidek to‘p sura olmayapti?

O‘rinli savol. Gap shundaki, Keyta «RB Leytsig»da 4-4-2 sxemasida to‘p surishga o‘rgangan. U bu sxemada "boks-tu-boks" vazifasini bajarar edi. Himoyaga yordam berish va imkon bo‘lishi bilan jarima maydonchasiga yorib kirish. Shu bois, unga «RB Leytsig»da maydon bo‘ylab erkin to‘p surishga imkon yaratishgan.

Mersisaydliklar safida o‘yin sxemasi butkul o‘zgacha. 4-3-3 sxemasida Keyta markazda qolishga va o‘z vazifasini bajarishga urinadi. APL shiddatini inobatga olsak, 3 ta yarim himoyachi butun maydonni boshqarishi mushkul. Shu bois, Keyta o‘zining eng asosiy «fishkasi» erkin ijod qilishdan mahrum bo‘ldi.

pglerpglerplge

Bundan tashqari, Keyta Bundesligada har bir o‘yinda o‘rtacha 5,4 bor raqiblarini aldab o‘tar, shu tariqa jamoadoshlariga bo‘sh zonalar yaratar edi. «Tumanli Albion»da bu ko‘rsatgich 2,7 ga tushib ketdi. Klopp Keytani tayyor o‘yin mexanizmining bir qismi sifatida ko‘rmoqda. «Liverpul»ning qanotlar bo‘ylab hujum uyushtirishi Keytani yana bir kuchli jihatini namoyish etishga to‘sqinlik qilmoqda. Yurgen markazdagi 3 ta yarim himoyachini, asosan, mudofaani mustahkamlashi va hujum boshlab berishi uchun orqaroqqa joylashtiradi. Jismonan baquvvat bo‘lmagani uchun Keyta ikkinchi qavatdagi kurashlarda befoyda. Shuningdek, kontaktga boy to‘p uchun kurashlarda ham imkoniyati past. Shu bois, uning o‘rnini kurashlarda faol Fabino, Xenderson va Tyago egallab oldi. Agar hujumkor yarim himoyachi kerak bo‘lsa, Klopp Vijrilga murojaat etadi. U hujumchi ortida bemalol to‘p surishi mumkin. Keyta esa, pleymeyker pozitsiyasida o‘zini noqulay his qiladi.

gelrpgperlgpelrg

Aslida, Keyta mersisaydliklar safida yaxshi start oldi. Xavfli vaziyatlar yaratish va to‘p uchun kurashda faol bo‘lishga urindi, biroq sekin-asta uning o‘yinida pasayish kuzatildi. Hozir Keyta uchun eng muhim palla boshlanmoqda. Fabino yo‘q, Xenderson himoyada to‘p surmoqda. Bu boshliqni to‘ldirish maqsadida katta ehtimol bilan, Keyta markazda ko‘rinish beradi. Jorjino Veynaldumning shartnomasi yakunlanmoqda. U «Barselona»ga ketish niyatida. Jeyms Milner 35 yoshni «urib qo‘ydi». U ham kontrakti so‘nggida «Enfild»ni tark etadi. Mersisaydliklar hozir yangi yarim himoyachi sotib oladigan ahvolda emas. Bu vaziyatdan klubni olib chiqib ketish Nabi Keytaga yuklatiladi. Agar yarim himoyachi ishonchli mavsum o‘tkazsa, jamoaning bir bo‘lagiga aylanadi. Yana passiv futbol namoyish etsa, kelasi yilni boshqa klub safida o‘tkazadi.

Soat millari o‘tib bormoqda, biroq Keytada hali hammasini o‘z o‘rniga qo‘yish imkoniyati mavjud.

Yaxyoxщja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!