
Klub APL yulduzini qadrlamayapti
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Deyan Lovren hujumchi Muhammad Salohning kelajagi haqida fikr bildirdi.
- Saloh bilan aloqadaman, vaqti-vaqti bilan gaplashib turamiz. Men ehtiyotkorlik bilan gapirishim kerak. Sababi, ko‘p narsalardan xabardorman. Aniq raqamlarni bilmasam-da, Saloh nima so‘rasa, o‘ylaymanki, uning maydondagi haraktlari bunga loyiq. Kimdir uning 33 yoshdaligini aytishi mumkin. Biroq, yoshga e’tibor bermang. Ronaldu 40 yoshida hamon o‘ynamoqda. Umid qilamanki, Saloh masalasi hal etiladi.
Hozirda u shartnomani uzaytirishdan ko‘ra, ketishga yaqinroq. Bir kuni u bilan suhbatlashganimda, klub uni etarlicha qadrlamayotganini angladim. So‘nggi besh-olti yilda bunday natijalarni ko‘rsatgan boshqa futbolchi yo‘q. Menimcha, Salohga etarlicha e’tibor qaratilmayapti, - dedi Lovren "Mirror" nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, misrlik hujumchining "mersisaydliklar" bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.
.
Fikrlar