Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Koke "Atletiko" klubi rekordini yangiladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O'yin har tomonlama muvaffaqiyatli bo'ldi

Ispaniya chempionatidagi oltinchi turning markaziy bahsida «Atletiko» derbida «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

«Matraschilar» sardorlaridan biri Koke uchun bu uchrashuv alohida ahamiyat kasb etdi. U «Real»ga qarshi o‘z klubi safida 28-marta maydonga tushdi. Shu tariqa, Koke «Atletiko» tarixida madriddlik raqibga qarshi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi. Ilgari bu rekord 27 ta o‘yin bilan Abelardo Rodrigesga tegishli edi.

Bu g‘alabadan so‘ng madriddliklar chempionlik poygasida o‘z da’vosini yana bir bor kuchli tarzda namoyon etdi. Hozircha «Atletiko» turnir jadvalida peshqadam «Barselona»dan besh ochkoga orqada bormoqda. Keyingi turda Diego Simeone shogirdlari safarda «Alaves»ga qarshi maydonga tushishadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q