Kolbi Kovington "qo‘lqoplarini mixga ildi"mi?

  • 08.09.2026 18:48
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC yulduzi Kolbi Kovington MMAdagi faoliyatini to‘xtatib, RAF ligasidagi chiqishlariga e’tibor qaratdi, ammo bu "Xaos" butunlay qo‘lqoplarini mixga osishga qaror qilganini anglatmaydi.

"UFC menga o‘zim istagan janglarni taklif qilmadi. Men Oq Uydagi turnir kardiга ham kira olmadim. Biroq u yerda oktagonga chiqishni juda xohlаgаndim. Men dahshatli shou ko‘rsatib, prezident Donald Tramp oldida nutq so‘zlamoqchi edim, lekin bu sodir bo‘lmadi.

Karyeramga kelsak, menimcha, uni yakunlamadim. Shunchaki Arman Tsarukyan, Belal Muhammad, Kamaru Usmon kabi yigitlar bilan kurashib, janglarga bo‘lgan ishtiyoqimni qaytarmoqchiman", - dedi amerikalik "MMA Junkie" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Kolbi RAF ligasida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda. Oxirgi bahsida u Arman Tsarukyanni ochkolar bo‘yicha yengishni uddaladi. 18 sentabr kuni Kovington Mayamidagi "RAF 13" turnirida o‘z kamarini Belal Muhammadga qarshi himoya qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!