Kolbi Kovington uchun ideal raqib kim?

  • 04.09.2024 16:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC shon-shuhrat zali a’zosi Maykl Bisping yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni (77 kg) amerikalik Kolbi Kovington uchun ideal raqib topdi.

"Kolbida ajoyib jang qilish uchun barcha imkoniyatlar bor, lekin yaqin kelajakda u hech narsaga erisha olmadi. Kovington katta janglarni xohlamoqda. Dastin Pore bilan kurash esa aynan u istagan narsa. Dastin ideal raqib. U ko‘p narsalarni boshdan kechirdi va katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Lekin Kolbi va Pore o‘rtasida ozgina ziddiyat xam bor. Ular shuni hal qilib olishlari kerak", - deya Bisping so‘zlarini keltirdi Low Kick MMA portali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!