"Komо" Niko Pas transferini rasmаn e’lon qildi

  • 30.06.2026 01:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning "Komo" klubi argentinalik yarim himoyachi Niko Pasning transferini rasmiy tasdiqladi.

Klub Madriddning "Real" jamoasi bilan futbolchining to‘liq transferi bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, "Real" 2027 yil yozida Niko Pasni qayta sotib olish huquqini o‘zida saqlab qoldi. Qayd etilishicha, ushbu shart futbolchining iltimosiga ko‘ra bitimga kiritilgan.

Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Komo" ushbu transfer uchun 60 million yevro to‘ladi. Agar "Real" Pasni ortga qaytarmoqchi bo‘lsa, buning uchun 80 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!